Bavariya niderlandiyalik futbolchini transfer qilmoqchi

Bavariya niderlandiyalik futbolchini transfer qilmoqchi
19 yoshli niderlandiyalik himoyachi Jivayro Rid, Rotterdamning "Feyenoord" klubi aʼzosi, Germaniya Bundesligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Mashhur jurnalist Florian Plettenbergning maʼlumotiga koʻra, Myunxenning "Bavariya" klubi futbolchini oʻz tarkibiga qoʻshib olishga qiziqmoqda va tomonlar transfer boʻyicha dastlabki muzokaralarni boshlagan.

Shuningdek, Ridga Angliyaning bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda. Jivayroning "Feyenoord" bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan boʻlib, uning transfer narxi 20 million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsumda himoyachi 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.