Manchester Yunayted Lukas Paketaga qiziqmoqda


Manchester Yunayted \"Vest Xem\" yarim himoyachisi Lukas Paketani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Indykaila News xabariga ko‘ra, \"qizil iblislar\" braziliyalik futbolchini qishda, transfer oynasi ochilganda olib kelishni xohlamoqda.
Biroq bu transfer \"Vest Xem\" tomonidan belgilanadigan narxga bog‘liq. Lukas Paketaning o‘zi esa yanvar oyida klubni tark etishga tayyor ekanligini bildirgan.
28 yoshli futbolchi Yevropa musobaqalarida qatnashishga intilayotgan jamoada o‘ynashni xohlaydi. Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, Paketaning bozor qiymati 35 million yevroga teng.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida hujumkor yarim himoyachi 9 ta o‘yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













