Barselona yana Kamp Nouga qaytdi


Ispaniyaning \"Barselona\" jamoasi uzoq tanaffusdan so\'ng ilk mashg\'ulotini \"Kamp Nou\" stadionida o\'tkazadi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
2022-yildan beri stadionda rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan edi va jamoa uy uchrashuvlarini boshqa stadionda o\'tkazib kelayotgandi. Ta\'mirlash ishlari hali to\'liq yakunlanmagan bo\'lsa-da, \"Barselona\" endi bu stadionda o\'yin o\'tkazishga ruxsat oldi.
Hozirgi kunda stadionga 26 ming tomoshabin sig\'imi bilan o\'yin o\'tkazishga litsenziya berilgan. Klub rahbariyati bu limitni 45 mingga oshirishni kutmoqda.
Jamoaning 7-noyabrga rejalashtirilgan mashg\'uloti muxlislar uchun ochiq bo\'ladi. Chiptalar narxi klub a\'zolari uchun 5 yevro, boshqa tomoshabinlar uchun esa 10 yevro qilib belgilangan.
Mashg\'ulotdan tushgan barcha mablag\' xayriya maqsadlariga yo\'naltiriladi.













