Liverpul APLda mudofaa bo‘yicha ikkinchi o‘rinda oxirgi

Liverpul APLda mudofaa bo‘yicha ikkinchi o‘rinda oxirgi
Liverpul jamoasi Angliya Premer-ligasining turnir jadvalida ettinchi o‘rinda bormoqda. So‘nggi to‘rtta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan jamoaning asosiy muammolaridan biri — mudofaa chizig‘ining ishonchsiz o‘yini bo‘lib qolmoqda.

Times Sportning ma'lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar o‘z darvozasi oldida 19 ta aniq gol urish imkoniyatiga yo‘l qo‘ygan (standart vaziyatlarsiz hisoblaganda). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Liverpul chempionatda ikkinchi eng yomon natijaga ega, faqat Byornlidan (21) o‘zib ketmoqda.

Qizig‘i shundaki, Arne Slot jamoasi yaratilgan aniq imkoniyatlar bo‘yicha peshqadamlar qatorida — 21 ta (faqat Manchester Siti undan ko‘proq, ya'ni 23 ta, imkoniyat yaratgan). Bugun Liverpul o‘z maydonida APLning 10-tur uchrashuvida Aston Villani qabul qiladi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.