Ikki futbolchi qishda "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin


Markaziy yarim himoyachi Kobbi Maynu va hujumchi Joshua Zirkzee yanvar oyi transfer oynasida \"Manchester Yunayted\"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati mazkur futbolchilarning muntazam o‘yin amaliyotisiz qolgani sababli boshqa jamoaga o‘tishni istashi mumkinligini eʼtirof etmoqda. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Maynu yettita o‘yinda maydonga tushgan, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo‘q.
Niderlandiyalik Zirkzee esa to‘rtta o‘yinda qatnashgan, lekin na gol urgan va na assistentlik qilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













