Kovach: Bellingem kutilganidan tezroq rivojlanmoqda

Kovach: Bellingem kutilganidan tezroq rivojlanmoqda

Kovach: Bellingem kutilganidan tezroq rivojlanmoqda
Dortmundning \"Borussiya\" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach jamoa yarim himoyachisi Jud Bellingemning o\'yinlari haqidagi fikrlarini bildirdi. \"Bellingem ajoyib sport formasida.

U juda yaxshi jismoniy tayyorgarlik va texnikaga ega bo\'lib, buni yana bir bor \"Augsburg\"ga qarshi o\'yinda yarim soat ichida ko\'rsatdi. Undan shubhalanmayman.

Hatto uning rivojlanishi kutilganidan ham tezroq davom etmoqda\", - dedi Kovach Sky Sportga bergan intervyusida. Joriy mavsumda 20 yoshli Bellingem barcha musobaqalarda 14 ta o\'yinda maydonga tushib, 2 ta samarali uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma\'lumotlariga ko\'ra, Bellingemning transfer qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.