RB Leyptsig Shtutgartni magʻlub etdi

RB Leyptsig Shtutgartni magʻlub etdi

RB Leyptsig Shtutgartni magʻlub etdi
Germaniya chempionatining toʻqqizinchi turida \"RB Leyptsig\" va \"Shtutgart\" jamoalari oʻzaro muhim uchrashuvda maydonga tushishdi. Birinchi bo‘limda mehmonlar — \"Shtutgart\" ancha faolroq koʻrindi, ammo haqiqiy xavfli vaziyatlar 42-daqiqagacha deyarli kuzatilmadi.

Shu daqiqada Antonio Nusa Romulo Kruzga toʻpni oshirdi, biroq u qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Oradan koʻp oʻtmay, \"Shtutgart\" himoyachisi Jeff Shabo oʻz darvozasiga toʻpni kiritib qoʻydi va \"Leyptsig\" hisobni ochdi — 1:0.

Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida Yan Diomand oʻz texnikasi bilan ajralib turdi va raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdi — 2:0. \"Shtutgart\" 65-daqiqada qarshi hujum uyushtirib, Tyaqu Tomashning aniq zarbasi orqali hisobni qisqartira oldi — 2:1.

Oʻyin yakuniga yaqin Romulo Kruz yana bir vaziyatda gol urishga yaqin boʻldi, lekin darvozabonning ajoyib harakati bunga yoʻl qoʻymadi. Ammo 90-daqiqada Kruz oʻz imkoniyatidan unumli foydalanib, uchinchi golni kiritdi va oʻyinga yakun yasadi — 3:1.

Mazkur gʻalaba tufayli \"RB Leyptsig\" turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni saqlab qoldi, \"Shtutgart\" esa toʻrtinchi pogʻonada, yetakchidan toʻrt ochko ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.