Kostich “Yuventus” tarixiga yaqin keldi

Kostich “Yuventus” tarixiga yaqin keldi
A Seriya 10-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Turinlik “Yuventus” jamoasi yangi bosh murabbiy – Luchano Spaletti rahbarligidagi ilk gʻalabasini “Kremoneze”ga qarshi safar oʻyinida qoʻlga kiritdi.

Oʻyin boshidanoq hisob ochildi. 85-soniyada serbiyalik hujumchi Filip Kostich mezbonlar darvozasini ishgʻol qildi.

Bu gol “Yuventus” tarixidagi safardagi ikkinchi eng tezkor gol boʻldi. Avvalroq, 2008-yil 20-aprelda “Yuventus” futbolchisi Nikola Legrottalye “Atalanta”ga qarshi oʻyinda 46-soniyada gol urib, bu borada rekord oʻrnatgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.