Haydovchilikdan murabbiylikgacha: Manolo Gonsalesning ajoyib futbol hikoyasi


Haqiqiy kino hikoyasi: \"Espanol\" jamoasining hozirgi bosh murabbiyi, 46 yoshli Manolo Gonsales ilgari avtobus haydovchisi bo\'lib ishlagan. The Guardian nashrining xabar berishicha, u hatto 2020-yilga qadar Barselona va Badalona shaharlari orasidagi yo\'nalishda avtobus boshqargan.
Aslida, bu ish Gonsales uchun vaqtinchalik daromad manbai bo\'lgan, chunki futboldagi ishlari yaxshi ketmagan. Ammo 2020-yilda uning \"Badalona\" jamoasi Ispaniya Qirol kubogida \"Xetafe\"ni mag\'lubiyatga uchratdi va bu uning murabbiylik faoliyatida burilish nuqtasi bo\'ldi.
2023-yilda Gonsales \"Espanol\"ni murakkab vaziyatda quyi ligaga tushib ketishdan qutqarib qoldi va shu orqali jamoa muxlislarining mehrini qozondi. Hozirda esa jamoa La Liga jadvalida oltinchi o\'rinda bormoqda.













