Real Endrikni Manchester Yunaytedga bermadi

Real Endrikni Manchester Yunaytedga bermadi

Real Endrikni Manchester Yunaytedga bermadi
Manchester Yunayted Madridning Real klubi hujumchisi Endrikni ijaraga olishga qiziqish bildirgan edi. \"Qizil iblislar\" 19 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni taklif qilishdi, biroq bu taklif Real rahbariyati tomonidan rad etildi, deb xabar bermoqda ESPN.

Shu sababli yosh braziliyalik futbolchi Aston Villa klubiga ham qoʻyib yuborilmadi. Maʼlumotlarga koʻra, yanvar oyida Endrik Lion klubiga sotib olish huquqisiz ijaraga oʻtishi kutilmoqda.

Sobiq Palmeiras o‘yinchisi hozirgi mavsumda Real safida faqat bir marta maydonga tushdi. Bu oʻyin Valensiyaga qarshi boʻlib oʻtgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.