Fyullkrug Vest Xemni tark etmoqchi


Vest Xemning nemis hujumchisi Niklas Fyullkrug yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida klubni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Patrik Berger xabar berdi.
Ma\'lumotlarga ko\'ra, 32 yoshli futbolchi jamoani tark etish qarorini qabul qilgan va bu haqida klub rahbariyatiga xabar bergan. \"Bolgʻachilar\" rahbarlari bu xabarni xotirjamlik bilan qabul qilishgan, chunki Fyullkrugning 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnashish istagi kuchli ekanini yaxshi tushunishadi.
Fyullkrug Vest Xemga 2024 yilning yozida Dortmundning Borussiya klubidan kelib qoʻshilgan edi. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda jami yetti o‘yinda maydonga tushgan, ammo samarali harakatlar bilan ajralib tura olmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













