Barselona Kristiansten bilan shartnomani uzaytirmaydi

Barselona Kristiansten bilan shartnomani uzaytirmaydi
Barselonaning markaziy himoyachisi Andreas Kristiansten katta ehtimol bilan kelasi yozda klubni tark etadi. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, 29 yoshli Daniya futbolchisi doimiy jarohatlar sababli "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati u bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti. Ilgari Kristiansten bir jarohatdan tuzalganidan so‘ng kun o‘tmay yana yangi jarohat olgani qayd etilgan edi.

Joriy mavsumda Kristiansten barcha musobaqalarni hisobga olganda jami to‘qqizta o‘yinda maydonga tushgan, biroq samarali harakatlari bilan ajralib tura olmagan. Futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, Daniyalik futbolchining narxi 12 million yevroga teng.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.