Ronaldu: "Amorim moʻjizalar yaratolmaydi"


Krishtianu Ronaldu soʻnggi yillardagi \"Manchester Yunayted\"ning muammolari faqat futbolchilar va murabbiylar bilan bogʻliq emasligini taʼkidladi. Mashhur hujumchi vatandoshi Ruben Amorimni qoʻllab-quvvatladi.
Amorim ayni paytda jamoaning bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. \"Amorim qoʻlidan kelgan barcha ishni bajaryapti.
U nimani qila oladi? Moʻjizalar yaratadimi?
Moʻjizalar imkonsiz. Bizning Portugaliyada aytishadi: \"Moʻjizalar faqat Fatimada boʻladi\"...
U [Amorim] esa bunday moʻjiza koʻrsatolmaydi. Jamoada yaxshi futbolchilar bor, lekin ayrimlari hatto \"Manchester Yunayted\" nima ekanini tushunmaydi\", — dedi Ronaldu Pirs Morgan bilan intervyusida.
Hafta oxirida \"Manchester Yunayted\" \"Nottingem Forest\" bilan durang oʻynadi (2:2). \"Qizil iblislar\" ayni damda Premer-liga jadvalida sakkizinchi oʻrinni egallab turibdi.













