Dyugari: “Vinisius chidab bo‘lmas futbolchi”

Dyugari: “Vinisius chidab bo‘lmas futbolchi”
Sobiq jahon chempioni, "Barselona" va "Milan" klublarining hujumchisi bo‘lgan Kristof Dyugari madridlik "Real"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior haqida keskin fikr bildirdi. Dyugari Vinisiusni "chidab bo‘lmas futbolchi" deb atadi.

Bu fikrni u "El Klasiko" uchrashuvidagi Vinisiusning navbatdagi harakati sabab aytib o‘tdi. "Menga Mbappe o‘yin va harakatlari bilan yoqdi, lekin Vinisius, aksincha, chidab bo‘lmas futbolchi", - deydi sobiq hujumchi RMC Sport bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior 2019 yildan beri madridlik "Real" safida to‘p surib kelmoqda va u intizomiy masalalarda muntazam tanqidga uchraydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.