De Rossi Italiyaga qaytmoqda

De Rossi Italiyaga qaytmoqda
Italiyaning taniqli futbol murabbiyi Daniele De Rossi "Jenoa" klubining yangi bosh murabbiyi boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda mashhur futbol insayderi Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbalarga koʻra, bugun 42 yoshli mutaxassis Milan shahrida "Jenoa" rahbariyati bilan uchrashib, shartnoma imzolashi kutilmoqda. De Rossi avval "Roma" va SPAL klublarini boshqargan, ammo u yerda ko‘pi bilan sakkiz oygacha ishlagan.

Hozirda "Jenoa" jamoasi A Seriyaning 10-turidan soʻng musobaqa jadvalida 18-oʻrinni egallab, quyi ligaga tushish xavfi ostida turibdi. Jamoa hisobida atigi 6 ochko bor.

"Jenoa" navbatdagi oʻyinni 9-noyabr kuni oʻz maydonida "Fiorentina"ga qarshi oʻtkazadi. A Seriyaning 11-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.