Aston Villa sardori bilan shartnomani uzaytirdi


Aston Villaning matbuot xizmati muxlislarni xushxabar bilan quvontirdi: jamoa sardori va markaziy yarim himoyachisi Jon MakGinn klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Ushbu maʼlumot Birmingem klubi rasmiy saytida chop etilgan.
31 yoshli futbolchi Aston Villa safida allaqachon yetti yildan beri faoliyat olib bormoqda va yangi shartnomaga koʻra, 2028 yilning yoziga qadar jamoada qoladi. Joriy mavsum Shotlandiyalik yarim himoyachi barcha musobaqalarda 14 oʻyinda maydonga tushib, uchta gol urishga va bitta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.
Aston Villa Angliya chempionati 10-turidan soʻng, 15 ochko toʻplagan holda turnir jadvalida 11-oʻrinni egallab turibdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













