Laporta: Lamin Yamal haqiqiy daho


Barselona prezidenti Joan Laporta klubning iqtidorli vingeri Lamin Yamalni qoʻllab-quvvatladi. Yamal yaqinda \"Real\"ga nisbatan bir qancha dadil fikrlar bildirgan va \"El Klasiko\"dagi magʻlubiyatdan soʻng bosim ostida qolgan edi.
\"Lamin haqiqiy daho. Men uning yonidaman va unga toʻliq yordam koʻrsataman.
U ajoyib yigit va yorqin futbolchi. Biz u haqida gʻamxoʻrlik qilishimiz, uni himoya qilishimiz kerak.
Yamalning yonida boʻlish va uni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha barcha choralarni qoʻllayman. U atigi 18 yoshda va bu yoshda sodir boʻlayotgan voqealar bilan kurashish oson emas.
Biz unga tushunish bilan yondashishimiz kerak. U pubalgiya bilan kurashmoqda, bu esa bir kechada davolanadigan narsa emas.
U juda koʻp mehnat qilmoqda va hurmatga loyiq\", – dedi Laporta Goal portaliga bergan intervyusida. Chorshanba kuni \"Barselona\" Chempionlar ligasi doirasida safarda \"Bryugge\"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.













