Ashraf Hakimi Afrika Kubogida ishtirok etishi mumkin


PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi Chempionlar Ligasi doirasida \"Bavariya\"ga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda jarohat oldi. Hakimi o‘yinda Luis Diasning qattiq harakati tufayli maydonda jarohatlandi.
Ogʻriq shu darajada kuchli ediki, marokashlik futbolchi koʻz yoshlarini tiyib turolmadi. L\'Equipe nashrining xabariga koʻra, Hakimi Afrika Kubogida Marokash terma jamoasi safida ishtirok etish imkoniyatini saqlab qolmoqda.
Bu yulduz futbolchining tiklanish jarayoniga bogʻliq boʻladi. Ammo aniqki, minimal tiklanish muddati olti hafta boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Afrika Kubogi 21 dekabr kuni boshlanadi. Shuningdek, \"PSJ\" Chempionlar Ligasi oʻyinida \"Bavariya\"ga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













