Amorim Ronaldu so'zlariga javob berdi

Amorim Ronaldu so'zlariga javob berdi
Krishtianu Ronaldu Morgan Pirsga bergan yangi intervyusida "Manchester Yunayted" klubi muammolarini yana bir bor tanqid qildi. Portugaliyalik futbolchi shuningdek, murabbiy Ruben Amorim moʻjizalar yaratishga qodir emasligini taʼkidladi.

Amorim sobiq jamoa yulduzining soʻzlariga munosabat bildirdi. "Albatta, Ronalduning har bir soʻzining katta taʼsiri borligini bilamiz.

Ammo biz kelajakka qarashimiz kerak. Klub sifatida oʻtmishda koʻplab xatolarga yoʻl qoʻyganimizni tushunamiz va ularni tuzatishga harakat qilyapmiz.

Oʻtgan voqealarga qaramaslik kerak. Oldinga intilib, hozir qanday ishlayotganimizga eʼtibor qaratishimiz zarur.

Biz koʻp narsalarni oʻzgartiryapmiz — tuzilma, yondashuv, oʻyinchilar xulq-atvori. Rivojlanib boryapmiz.

Hech boʻlmasa biroz boʻlsa-da oʻtmishni unutaylik", — dedi Ruben Amorim matbuot anjumanida. "Manchester Yunayted" ayni paytda Angliya chempionati turnir jadvalida sakkizinchi oʻrinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.