Real Vinisius uchun minimal narxni belgiladi

Real Vinisius uchun minimal narxni belgiladi
Vinisius Junior kelasi yil "Real"ni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Yaqinda Madrid klubi yulduzli braziliyalik futbolchini mavsum yakunida sotish haqida qaror qabul qilgani haqida xabarlar paydo boʻldi.

Transfer News Live maʼlumotlariga koʻra, "Real" El Chiringuito dasturiga tayanib, Vinisius uchun minimal narxni 150 million yevro etib belgilagan. Bu qaror shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirganidan soʻng qabul qilingan.

Amaldagi shartnoma 2027-yilning oʻrtasiga qadar amal qiladi. "Real" rahbariyati 25 yoshli Vinisiusga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirishi mumkinligini kutmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.