Messi Argentina terma jamoasiga chaqirildi


Payshanba kuni Argentina terma jamoasining yaqin yigʻini uchun tarkibi eʼlon qilindi. \"Albiseleste\" bosh murabbiyi Lionel Skaloni quyidagi futbolchilarni tarkibga chaqirdi: Ruli, Benites, Molina, Foyt, Romero, Otamendi, Senesi, Talyafiko, Valentin Barko, Mak Allister, Perrone, de Paul, Enso Fernandes, Almada, Lo Cheso, Pas, Messi, Simeone, Prestyanni, Nikolas Gonsales, Lautaro Martines, Lopes, Alvares, Panichelli.
Eʼtiborga loyiq jihati, Lionel Messi ham asosiy tarkibda chaqiruv oldi. Noyabr oyida Argentina terma jamoasi faqat bitta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi.
Ushbu uchrashuv Angolaga qarshi boʻlib, juma kuni, 14-noyabrda boʻlib oʻtadi. Shuningdek, Argentina terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













