Inter Karlos Augusto bilan shartnomani uzaytiradi

Milanning "Inter" klubi chap qanot himoyachisi Karlos Augusto bilan shartnomani uzaytirishga yaqin. Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi, biroq yangi kelishuv 2030-yilgacha davom etishi kutilmoqda.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi. Yangi shartnoma doirasida futbolchining maoshi oshirilishi rejalashtirilgan.
Karlos Augusto joriy mavsumda "neradzurrilar" safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchini 26 million yevroga baholamoqda.
9-noyabr, yakshanba kuni "Inter" A Seriyaning 11-turida o‘z maydonida "Lasio"ni qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi. Yangi shartnoma doirasida futbolchining maoshi oshirilishi rejalashtirilgan.
Karlos Augusto joriy mavsumda "neradzurrilar" safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchini 26 million yevroga baholamoqda.
9-noyabr, yakshanba kuni "Inter" A Seriyaning 11-turida o‘z maydonida "Lasio"ni qabul qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













