Gullitning "Barselona" o‘yiniga bahosi

Gullitning "Barselona" o‘yiniga bahosi
Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ruud Gullit Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida "Bryugge" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning natijasiga izoh berdi. Belgiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi.

"Nega muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘yin rejasiga qattiq amal qilish kerak? "Barselona"ning taktikasi – bu kamikadze futbol", – deydi sobiq futbolchi beIN Sportsga bergan intervyusida.

Uchrashuv so‘ngida maydon egalari "Barselona" darvozasiga to‘rtinchi golni urdi, ammo hakamlar brigadasi bu golni bekor qildi. "Barselona" hozirda 7 ochko to‘plagan va turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.

Jamoa Chempionlar Ligasidagi navbatdagi o‘yinini "Chelsi"ga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.