Pavlyuchenko Tottenhem - Manchester Yunayted o'yini haqida fikr bildirdi


Angliya Premer-ligasining 11-turida Londonning \"Tottenhem\" jamoasi o\'z maydonida \"Manchester Yunayted\" bilan bellashadi. Ushbu o\'yinga oid fikrlari bilan \"shporlar\"ning sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko o\'rtoqlashdi.
\"Men \"Manchester Yunayted\"ning g\'alabasiga ishonaman. O\'ylashimcha, hisob 1:0 atrofida bo\'ladi.
Birgina gol o\'yin taqdirini hal qiladi. Bu yerda \"MYU\" uch ochkoni qo\'lga kiritadi, deb o\'ylayman\", - deydi sobiq futbolchi \"Stavka TV\"ga bergan intervyusida.
\"Tottenhem\" va \"Manchester Yunayted\" o\'rtasidagi uchrashuv bugun, 8-noyabr kuni Londonda bo\'lib o\'tadi. O\'yin Moskva vaqti bilan 15:30 da boshlanadi.
Mazkur bahs oldidan mezbon jamoa Angliya chempionati jadvalida oltinchi, \"qizil iblislar\" esa sakkizinchi o\'rinni egallab turibdi.













