Tottenxem va Nyukasl Tyagoni qoʻlga kiritmoqchi

Tottenxem va Nyukasl Tyagoni qoʻlga kiritmoqchi
Brentford hujumchisi Igor Tyago Angliya Premer-ligasining ikki klubi radarida. Trivela nashri xabariga koʻra, "Tottenxem" qishki transfer oynasi ochilishidan avval Tyago bilan aloqaga chiqib, uning mavqeini aniqlashni rejalashtirgan.

24 yoshli hujumchiga "Nyukasl" ham qiziqish bildirmoqda. Joriy Premer-liga mavsumida Tyago oʻn uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini olti bor ishgʻol qilgan.

Hozirda u bir qancha futbolchilar bilan birgalikda eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni boʻlishmoqda. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Tyagoning bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.