Rossiya futboli xalqaro maydonga qaytadi

Rossiya futboli xalqaro maydonga qaytadi
Rossiya Davlat Dumasi deputati Svetlana Jurova rossiya futbol jamoalarining xalqaro maydonga qaytishi yaqin orada amalga oshishini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, FIFA va UEFA avval yoshlar, oʻsmirlar hamda ayollar jamoalarini musobaqalarga qaytarishni boshlaydi.

"UEFA va FIFA bizning bolalar, oʻsmirlar va yoshlar jamoalarimizni musobaqalarga qoʻshishni boshlashlari mumkin. Ayollar terma jamoamizga ham ruxsat berilgan edi, biroq musobaqa oʻtkazilgan mamlakatga kirishlariga imkon berilmadi", – deydi Jurova "Match TV"ga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, Rossiya futbol ittifoqi bosh kotibi Maksim Mitrofanovning aytishicha, Rossiyaning qaytishi boʻyicha muzokaralarda hali hech qanday oʻzgarish yoʻq. Hozirgi kunda rossiyalik klublar va milliy futbol jamoalari xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.