Barselona eng ko'p ofsaydga tushuvchi jamoa

Barselona eng ko'p ofsaydga tushuvchi jamoa
Ispaniyaning "Barselona" jamoasi ofsayd strategiyasini muvaffaqiyatli qoʻllash boʻyicha yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Opta statistik portali maʼlumotlariga asoslangan tadqiqot xabar bermoqda.

Ushbu tadqiqot 2017-18 yilgi mavsumdan boshlab kuzatilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Oʻtgan mavsumda Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa oʻrtacha har bir oʻyinda 4,76 marta ofsaydga tushgan boʻlsa, bu mavsumda koʻrsatkich 4,91 ga yetdi.

Uchinchi oʻrinda esa Angliyaning "Aston Villa" jamoasi (2023-24 mavsumda 4,39) qayd etilgan. Shuningdek, top-10 talikka Ispaniyaning "Las Palmas", "Eybar" (ikki marta), "Atletik Bilbao", "Almeriya", Fransiyaning "Tuluz" va Italiya klubi "Sampdoriya" ham kiritilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.