Parma darvozaboni jarohat oldi


Italiya A Seriyasining 11-turida \"Parma\" jamoasi \"Milan\" bilan bahs olib bordi va durang qayd etdi. Ammo ushbu o‘yinda \"Parma\" o‘z darvozaboni, yaponiyalik Dzion Suzukidan ayrildi.
U qo‘lidan jarohat oldi va bu jarohat dastlabki ko‘rinishidan ko‘ra jiddiyroq ekani ma’lum bo‘ldi. Jarohat 82-daqiqada, Aleksis Salemakers bilan to‘qnashuvda yuz berdi.
Shunga qaramay, Suzuki o‘yinni oxirigacha davom ettirdi va bir necha bor jamoasini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yindan so‘ng esa jarohatning jiddiyligi ma’lum bo‘ldi.
Ehtimol, u bir muddat maydonga tusha olmasligi mumkin. Ayni vaqtda \"Parma\" jamoasi Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













