Gvardiola "Liverpul" ustidan g'alabani sharhladi

\"Manchester Siti\" bosh murabbiyi Pep Gvardiola \"Liverpul\"ga qarshi 3:0 hisobida erishilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Ushbu o‘yinda shahar jamoasiga g‘alaba keltirgan gollarga Erling Xoland, Niko Gonsales va Jeremi Dokyu mualliflik qildi. Gollar mos ravishda 29-daqiqada, 45-daqiqada va 63-daqiqada kiritilgan.
\"Birinchi bo‘lim juda yaxshi o‘tdi. Tanaffusdan keyin esa \"Liverpul\" bosimni oshirdi. Biz biroz sarosimaga tushib qoldik, ayniqsa dastlabki besh-o‘n daqiqada, bu esa raqibga yordam berdi.
Umuman olganda, futbolchilar ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Juda mamnunman\", – deya ta’kidladi Gvardiola jurnalistlar bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, \"Liverpul\"ga qarshi o‘yin ispan mutaxassisining murabbiylik faoliyatidagi minginchi uchrashuvi bo‘ldi.













