O‘zbekiston U-17 Panamaga qarshi o‘yin oldidan tayyorlanmoqda

O‘zbekiston U-17 Panamaga qarshi o‘yin oldidan tayyorlanmoqda

O‘zbekiston U-17 Panamaga qarshi o‘yin oldidan tayyorlanmoqda
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining matbuot xizmati xabar berishicha, 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvi oldidan milliy jamoa mashg‘ulot o‘tkazgan. Joriy yilning 9-noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Panamaga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulot olib bordi.

Ushbu o‘yin 11-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da “Espair” akademiyasining birinchi maydonida boshlanishi rejalashtirilgan. Hozirda O‘zbekiston U-17 jamoasi “J” guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Guruh peshqadami Irlandiya hisoblanadi, bu jamoa hali biror o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan va 3 ochkolik farq bilan oldinda bormoqda. Guruhning so‘nggi pog‘onasida esa Panama jamoasi joylashgan.

Ular hali biror g‘alaba qozonmagan, 2 ta gol urib, 6 ta to‘pni o‘z darvozasiga kiritib yuborgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.