Ibrahima Konate "Liverpul"ni tark etadi

Ibrahima Konate "Liverpul"ni tark etadi
Fransiyalik himoyachi Ibrahima Konate "Liverpul"dagi kelajagi borasida qaror qabul qildi. Diario AS nashrining xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi mersisayd klubini erkin agent sifatida tark etmoqchi.

Uning shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi. Konatega qiziqish bildirayotgan klublar orasida Madridning "Real" va Myunxenning "Bavariya" jamoalari borligi ma'lum qilindi.

Ibrahima 2021 yilning yozidan beri "Liverpul" safida to'p surmoqda. Himoyachining transfer qiymati 55 million yevro deb baholanmoqda.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Konate 11 o'yinda qatnashib, 2 sariq kartochka olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.