Grossodan sehrli gʻalaba

Grossodan sehrli gʻalaba
Italiya chempionatida 11-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Sassuolo" jamoasi safarda "Atalanta"ni yirik 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

"Nero-verdi" bosh murabbiyi, Italiya terma jamoasi bilan 2006-yil jahon chempioni boʻlgan Fabio Grosso ushbu muvaffaqiyat yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi. U natijadan juda mamnun.

"Bizga shunday sehrli oʻyin kerak edi. Biz bunga erisha oldik, garchi ayrim joylarda omad ham biz tomonda boʻldi.

Bu natija turnir jadvalidagi holatimiz uchun juda muhim", – dedi Grossoning soʻzlarini derbyderbyderby.it nashri keltiradi. Mazkur gʻalabadan soʻng "Sassuolo" A Seriya turnir jadvalida sakkizinchi oʻringa koʻtarildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.