Upamekano kelajagi haqida bayonot berdi

Upamekano kelajagi haqida bayonot berdi
Myunxenning "Bavariya" jamoasi fransiyalik himoyachisi Dayo Upamekano o'zining kelajagi bo'yicha qarorini biroz keyinroq, turli omillar va sharoitlarni hisobga olib qabul qilishini ma'lum qildi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.

"Biz to'g'ri qaror qabul qilamiz. Men yaxshi xabardorman.

Har doim "Bavariya"da o'zimni qulay his qilganimni aytganman. Menda ajoyib murabbiy va jamoa bor", – dedi futbolchi L'Equipe nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, u boshqa klublardan takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligini qo'shimcha qildi. 27 yoshli futbolchining transfer bozori qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.

2025/2026-yilgi mavsumda Upamekano barcha klublar o'rtasidagi musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir golga assistentlik qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.