Lineker APL chempionlik poygasini baholadi

Lineker APL chempionlik poygasini baholadi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker joriy Angliya Premer-ligasi mavsumidagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. U Sportskeeda nashriga bergan intervyusida shunday dedi: "Hozir "Arsenal" yetakchilik qilmoqda va "kanonirlar"ni boshqa jamoalar quvib yetishi shart emas.

Ammo "Manchester Siti" yaxshi sport formasini qaytarib oldi. "Liverpul" esa hozircha yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgani yo‘q.

Agar "Arsenal" muxlisi bo‘lganimda, o‘zimni anchayin yaxshi his qilgan bo‘lardim." 11 turdan so‘ng Premer-ligada "Arsenal" 26 ochko to‘plab, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Mikel Arteta shogirdlari ikkinchi o‘rindagi "Manchester Siti"ni to‘rt ochkoga ortda qoldirgan.

Kuchli uchlikni esa Londonning yana bir jamoasi "Chelsi" (20 ochko) yakunlab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.