Liverpul Konate transferini toʻxtatmoqchi

Liverpul Konate transferini toʻxtatmoqchi
Gap-soʻzlarga koʻra, himoyachi Ibraima Konate kelasi yozda "Real"ga erkin agent sifatida oʻtishi mumkin. Fransiyalik futbolchining madridlik superklub bilan kelishuvi borligi haqida maʼlumotlar tarqalgan.

Biroq, "Liverpul" bu shov-shuvli transferni toʻxtatishga umid qilmoqda. Transfer News Live nashri L’Equipeʼga tayanib xabar qilishicha, mersisaydliklar Konatega shartnomani uzaytirish boʻyicha uchinchi taklifni taqdim etgan.

"Liverpul" rahbariyati 26 yoshli himoyachini yangi shartnomaga koʻndirishga ishonmoqda. Ibraima Konate "Liverpul" safida 148 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.