Laporta: Flik Barselonani his qiladi va sevadi

Laporta: Flik Barselonani his qiladi va sevadi
Barselona prezidenti Joan Laporta klubning bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning kelajagi haqida fikr bildirdi. "Xansi Barselonani his qiladi va sevadi.

Biz undan juda mamnunmiz. Murabbiyda xarakter va sezgirlik bor.

U bu yerda o'z vaqtini zavq bilan o'tkazayotgani, hatto bosim ostida ham, sezilib turibdi", - dedi Laporta Catalunya Ràdioga bergan intervyusida. Shuningdek, Laporta nemis mutaxassisi bilan amaldagi shartnomani, muddati 2027-yil yozida tugashiga qaramay, uzaytirishga umid bildirdi.

La Liga turnir jadvalida "koʻk-anorranglilar" 12-turdan soʻng 28 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Jamoa yetakchi Madridning "Real" klubidan 3 ochkoga orqada.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.