Mbappe: Sherki isteʼdodidan toʻliq foydalanmoqda

Mbappe: Sherki isteʼdodidan toʻliq foydalanmoqda
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe "Manchester Siti" va Fransiya milliy jamoasi yarim himoyachisi Rayan Sherki haqida o'z fikrlarini bildirdi. "U tug'ma, hayratlanarli isteʼdodi bilan ajralib turadi va bu isteʼdoddan toʻliq foydalanmoqda.

"Manchester Siti" tarkibiga juda yaxshi moslashdi, bu oson emas", - dedi Mbappe jurnalistlarga bergan intervyusida. Sherki ushbu yil yozda "Lion"dan "shaharliklar" safiga qo'shildi.

Joriy mavsumda 22 yoshli fransiyalik yarim himoyachi barcha musobaqalarda to'qqizta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.