Paolo Vanoli nima uchun "Fiorentina"ni tanladi?

Paolo Vanoli nima uchun "Fiorentina"ni tanladi?
“Fiorentina” bosh murabbiyi Paolo Vanoli klubni boshqarishga qanday sabab bilan rozi bo'lganini tushuntirdi. Florensiya jamoasi A Seriyaning 11-turidan so'ng, birorta ham g‘alaba qozona olmagan holda, musobaqa jadvalining eng quyi pog‘onasida joylashgan.

"Men bu taklifni qabul qildim, chunki "Fiorentina" qanday klub ekanini yaxshi bilaman. Bunday sinovlar menga kuch bag‘ishlaydi, men qo‘rqmayman", – deydi Vanoli "Fiorentina" matbuot xizmati orqali.

"Fiorentina" navbatdagi o‘yinini 22-noyabr kuni o‘z maydonida "Yuventus"ga qarshi o‘tkazadi. Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Paolo Vanoli boshchiligidagi Moskvaning "Spartak" klubi Rossiya Kubogini qo‘lga kiritganidan so‘ng, italiyalik murabbiy jamoani tark etgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.