Vinisius faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

Vinisius faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Junior kelasi yili jamoani tark etishi mumkin. Braziliyalik futbolchi yangi shartnoma bo'yicha klub rahbariyati bilan muzokaralarda kelishuvga erisha olmagan.

"Real" rahbariyati yulduz futbolchini 150 million yevro evaziga sotishga tayyor ekanligi avvalroq xabar qilingan edi. Jurnalist Sasha Tavolierining ma'lumotiga ko'ra, Vinisiusning faoliyatini davom ettirishi uchun eng ehtimoliy manzil Saudiya Arabistoni chempionati bo'lishi mumkin.

Yevropaning yirik klublari, jumladan "Manchester Siti", 25 yoshli futbolchi uchun bunday shartlarda taklif kiritishga qiziqish bildirmayapti. Transfermarkt portali ham Vinisius Juniorning transfer qiymatini 150 million yevroga teng deb baholagan.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.