Enso Fernandes "Real"ga o'tishni rad etdi

Enso Fernandes "Real"ga o'tishni rad etdi
Chelsi yarim himoyachisi Enso Fernandes Madridning "Real" klubiga o'tishga hozircha qiziqmayapti. Argentinalik futbolchining Ispaniya grandiga transferi haqida mish-mishlar allaqachon tarqalgan edi, ammo hali amaliy harakatlar amalga oshmadi.

Transfer News Live jurnalisti Aaron Remironing ma'lumotiga ko'ra, 24 yoshli o'yinchi "Real" tomonidan qilingan navbatdagi taklifni qat'iy rad etgan. Ayni paytda Fernandes "Chelsi" bilan yangi, yaxshilangan shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Enso Fernandesning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2032-yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining taxminiy qiymati 80 million yevro etib baholangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.