Inter va Milan bir darvozabon uchun kurashmoqda

Inter va Milan bir darvozabon uchun kurashmoqda
Parmaning darvozaboni Dzion Suzuki Italiya A Seriyasining grand jamoalari qiziqish markazida. La Gazzetta dello Sport xabariga koʻra, 23 yoshli futbolchini oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini Inter va Milan klublari koʻrib chiqmoqda.

Taxminlarga koʻra, Parma yaponiyalik darvozabonni kelasi yozda 20 million yevro evaziga sotishga tayyor. Dzion Suzuki joriy mavsumda Italiya chempionatida 11 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol oʻtkazib yubordi va uch bor oʻz darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq boʻldi.

Biroq, yaqinda darvozabon qoʻl sinishi sababli safdan chiqdi. Inter hozirda 24 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Milan esa 22 ochko bilan uchinchi oʻrinda bormoqda. Parma esa 8 ochko bilan 17-oʻrinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.