Real Madrid Upamekano bilan qiziqmoqda

Real Madrid Upamekano bilan qiziqmoqda
Madridning "Real" klubi Myunxenning "Bavariya" jamoasi himoyachisi Dayo Upamekanoning agentlariga murojaat qilgani haqida xabar berildi. Bu ma'lumotni jurnalist Jorj Pikon e'lon qildi.

Manbalarga ko'ra, "Qirollik klubi" Upamekanoning vakillariga agar futbolchi "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirmasa, uni o'z safiga qo'shishga tayyorligini ma'lum qilgan. Fransiyalik himoyachining joriy shartnomasi kelasi yil yozida nihoyasiga yetadi.

27 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan va to'rtta sariq kartochka olgan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 60 million yevroga teng.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.