Ibragimovich ingliz futbolining xususiyatlarini aytdi

Ibragimovich ingliz futbolining xususiyatlarini aytdi
Sobiq "Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich ingliz futbolining o‘ziga xos jihatlari haqida gapirdi. "APLda hujumda ham, himoyada ham shiddatli tezliklar mavjud.

Shunday ekan, agar sizda ajoyib texnika bo‘lsa-yu, lekin bu darajadagi o‘yin tempiga moslasha olmasangiz, qancha iqtidorli bo‘lmang, sizga qiyin bo‘ladi", – dedi Ibragimovich Hot Ones dasturida. Ibragimovich 2016 yildan 2018 yilgacha Angliya chempionatida harakat qilgan.

Shvetsiyalik hujumchi "Manchester Yunayted" safida 53 o‘yinda qatnashib, 29 ta gol urgan va 10 ta golli uzatma amalga oshirgan. APLda 11-turdan keyin turnir jadvalining birinchi pog‘onasida Londonning "Arsenal" klubi joylashgan.

"Kanonirlar" hisobida 26 ochko bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.