Skaloni: Messi 2026-yilgi JCHda o'ynaydimi, bilmayman


Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi borasida aniq bir javob bera olmadi. 38 yoshli \"Inter Mayami\" futbolchisi milliy terma jamoa bilan mundialga bormasligi mumkinligini tan oldi.
Jurnalistlar bu savolni \"albiseleste\" bosh murabbiyiga ham berishdi, ammo u aniq javob bermadi. Skaloni shunday dedi: \"Messi 2026-yilgi Jahon chempionatida o\'ynaydimi?
Bilmayman\". Argentina terma jamoasi Janubiy Amerika saralash guruhida birinchi o\'rinni egallab, mundialga ishonchli tarzda yo\'llanma oldi.
2026-yilgi Jahon chempionati o\'yinlari 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo\'lib o\'tadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













