Arsenalda Artetaning kelajagidan xavotir yoʻq

Arsenalda Artetaning kelajagidan xavotir yoʻq

Arsenalda Artetaning kelajagidan xavotir yoʻq
Londonning \"Arsenal\" klubi bosh murabbiyi Mikel Artetaning amaldagi shartnomasi yana bir yarim yildan keyin yakuniga yetadi. Hozircha yangi kelishuv boʻyicha muzokaralar olib borilayotgani yoʻq, biroq \"kanonirlar\" rahbariyati vaziyatdan umuman xavotirda emas.

TEAMtalk nashri xabariga koʻra, ispaniyalik mutaxassis yaqin kelajakda klubdan ketishni rejalashtirmayapti. Shu bois kelishuvga erishish muammosiz boʻlishi kutilmoqda.

Mikel Arteta 2019-yil oxiridan buyon \"Arsenal\"ni boshqarib kelmoqda. Ayni paytda uning jamoasi Angliya Premyer-ligasida 26 ochko toʻplab, musobaqa jadvalida birinchi oʻrinni egallab turibdi.

\"Manchester Siti\" esa ulardan toʻrt ochkoga ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.