Inter Zommer bilan shartnomani uzaytirmaydi

Inter Zommer bilan shartnomani uzaytirmaydi

Inter Zommer bilan shartnomani uzaytirmaydi
Inter klubi rahbariyati hozirgi asosiy darvozabon Yan Zommer bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Bu qaror darvozabonning yoshi bilan bog\'liq.

Rejaga ko\'ra, Zommer joriy mavsumda asosiy tarkibda o\'ynashda davom etadi, keyingi mavsumdan esa uning o\'rnini ispaniyalik darvozabon Xosep Martines egallashi kerak edi. Ammo Martines bilan kutilmagan voqea yuz berdi: u yo\'l-transport hodisasi sababli 81 yoshli kishining o\'limiga sababchi bo\'ldi.

Ushbu voqeadan so\'ng Martines ruhiy yordamga muhtoj bo\'lib qoldi. Vaziyat yomonlashsa, u zaxira o\'rindig\'ini qamoq kursisiga almashtirishga majbur bo\'lishi mumkin.

Shunga qaramay, fcinter1908.it xabariga ko\'ra, Inter klubi Zommer bilan shartnomani uzaytirmaslik qarorida qat\'iy turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.