Levandovski: Tez orada hammasi hal bo'ladi

Levandovski: Tez orada hammasi hal bo'ladi
Barselona va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski o'z kelajagi haqida savolga javob berdi. 37 yoshli futbolchi JCH-2026 saralashida Niderlandiya bilan 1:1 hisobidagi durangda terma jamoasiga yordam berdi va golli uzatma bilan ajralib turdi.

Ammo bu natija polshaliklarni qoniqtirmadi, chunki ular JCH-2026ga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kirita olmaydilar va pley-offda kurash olib borishlariga to'g'ri keladi. "Men xotirjamman.

Bir necha oy ichida qayerda bo'lishim yoki nimani xohlayotganimni bilmayman. Hozir hech narsani hal qilishimga shoshilishim shart emas.

Tez orada mening kelajagim oydinlashadi. Qaror nafaqat sport, balki hissiy omillarga ham bog'liq bo'ladi," – dedi Levandovski The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Dushanba kuni Polsha JCH saralashining so'nggi turida Malta bilan o'ynaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.