Rashford 2026 yilda MYUni tark etadi

Rashford 2026 yilda MYUni tark etadi
Angliyalik futbolchi Markus Rashford, hozirda "Barselona" safida ijarada oʻynayotgan boʻlsa-da, 2026 yil yozida "Manchester Yunayted"ni rasmiy ravishda tark etadi. "Barselona" Rashfordni joriy mavsum oxirigacha 30 million yevro miqdorida toʻliq sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan.

28 yoshli hujumchi yangi jamoasida oʻzini muvaffaqiyatli koʻrsatmoqda, biroq "Manchester Yunayted" klubida uning kelajagiga oid rejalar yoʻq, deb xabar beradi insayder Fabrisio Romano. Ayni paytda Rashfordning keyingi faoliyati qayerda davom etishi nomaʼlum, chunki "Barselona" hanuz sotib olish opsiyasini faollashtirish haqida yakuniy qarorga kelmagan.

Markus Rashford "Barselona" safida oʻtkazgan 16 uchrashuvda 6 ta gol va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.