Barselona Erik Garsiya bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Barselona Erik Garsiya bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Barselona Erik Garsiya bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Kataloniyaning \"Barselona\" klubi himoyachi Erik Garsiyaning vakillari bilan muzokaralarni boshladi. Ma\'lum qilinishicha, \"koʻk-anorranglilar\" 24 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.

Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda. Manbalarning ma\'lumotiga koʻra, klub Garsiya bilan yangi shartnomani 2025-yil oxirigacha rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.

Shartnoma muddati toʻrt yoki besh yilga uzaytiriladi. Himoyachi esa \"Barselona\"da qolishga tayyor.

Erik Garsiya 2021-yil yozidan buyon \"Barselona\" safida oʻynab kelmoqda. Uning transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.

Joriy Ispaniya La Liga mavsumida Garsiya 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.