Futbol tarixidagi eng yaxshi hakamlardan biri sudda

Futbol tarixidagi eng yaxshi hakamlardan biri sudda
Futbol tarixidagi eng yaxshi hakamlardan biri sifatida tanilgan ingliz Xovard Uebb sudga chaqirildi. Unga qarshi da'vo arizasini ayol hakam Liza Benn kiritdi.

U ilgari Angliya ayollar Superligasining o'yinlarini boshqargan. Liza Benn o'zining Angliya Premyer-ligasi hakamlari tashkilotidan chiqarib yuborilishiga qarshi chiqmoqda.

U bu holatni 2023-yilda boshqa hakam, Stiv Chayld bilan bogʻliq mojarodan soʻng sodir boʻlganini ta'kidlamoqda. Bennning soʻzlariga koʻra, Chayld unga jismoniy kuch ishlatgan.

Ushbu mojaro davomida Uebb Chayldning tomonini olgan va Bennning fikricha, uning professional faoliyatiga tahdid qilgan. Natijada, mazkur masala sudgacha yetib kelgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.